Politsiya Moskva viloyati hukumati raisining sobiq birinçi örinbosari Svetlana Strigunkovani Moskvada korrupsiyada gumon qilib qölga oldi. Bu haqda 24 aprel, çorşanba kuni Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallari huquq-tartibot idoralaridagi öz manbalariga tayanib xabar berdi.

«Lenta.ru» xabariga köra, viloyat hukumatida soğliqni saqlaş masalalarini nazorat qilgan sobiq amaldor şifoxonani ta’mirlaş bilan şuğullanuvçi kompaniyalardan kamida 150 million rubl miqdorida pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tintuv çoğida undan katta miqdordagi naqd pul hamda köplab qimmatbaho buyumlar topildi. Uning özi aybini tan olmayapti.

Strigunkova 2020 yil yanvar oyidan boşlab Moskva viloyati soğliqni saqlaş vaziri bölgan, 2021 yil may oyida hukumat raisi örinbosari lavozimida soğliqni saqlaş uçun mas’ul sifatida işlagan va 2024 yil mart oyida bu lavozimdan öz xohişi bilan iste’foga çiqqan. 

Strigunkova pora olgani haqida uning sobiq xodimi ma’lumot bergan

«Kommersant» yozişiça, tergov Strigunkovaning poraxörligi haqida Moskva viloyati soğliqni saqlaş vaziri sobiq örinbosari Aleksandr Zaxarovdan ma’lumot olgan, u ham yanvar oyida 150 million rubl miqdorida pora talab qiliş işi böyiça hibsga olingan. Aybini tan olib, u, ba’zi manbalarga köra, sudgaça hamkorlik qiliş kelişuviga erişgan va uning doirasida u Strigunkovaga qarşi körsatma bergan, deya ta’kidlaydi gazeta.