17:48 / 16.01.2017
33816

Eng qimmat narxlar belgilab qo‘yilgan futbolchilar reytingi tuzildi: Ronaldu o‘nlikka kirgan

Sport tadqiqotlari markazi - CIES Football Observatory dunyoning eng qimmat transfer narxlari belgilab qo‘yilgan 100 futbolchisidan tuzilgan reytingini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoning eng qimmat futbolchisi deb «Barselona» futbolchisi Neymar qayd etilgan (246,8 mln yevro), ikkinchi o‘rinda uning jamoadoshi Lionel Messi (170,5 mln) uchlikni «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi, shu yilning yozida 105 mln yevro evaziga «Yuventus»dan sotib olingan Pol Pogba yakunlagan. Uning shartnomasida badal puli sifatida 155,3 mln yevro belgilab qo‘yilgan.

Eng qimmat darvozabon – Yan Oblak («Atletiko», 59,8 mln), eng qimmat markaziy himoyachi – Rafael Varan («Real», 64 mln) hamda eng qimmat qanot himoyachisi – Ektor Belerin («Arsenal», 70,3 mln) ekani aniqlangan.

Top-10:
1. Neymar («Barselona») – 246,8 million yevro
2. Messi («Barselona») – 170,5
3. Pol Pogba («Manchester Yunayted») – 155,3
4. Antuan Grizmann («Atletiko») – 150,4
5. Luis Suares («Barselona») – 145,2
6. Harri Keyn («Tottenhem») – 139,2
7. Krishtianu Ronaldu («Real») – 126,5
8. Paulo Dibala («Yuventus») – 113,8
9. Dele Alli («Tottenhem») – 110,5
10. Eden Azar («Chelsi») – 101,5

Top