13:02 / 18.01.2017
10847

Katta Jorj Bush kasalxonaga yotqizildi

Foto: EPA

AQSh sobiq prezidenti katta Jorj Bush Texas shtatidagi Xyuston shahrida joylashgan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda KHOU 11 mahalliy telekanali sobiq davlat rahbarining vakiliga asosan xabar tarqatdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 92 yoshli sobiq prezidentning sog‘lig‘i qoniqarli ahvolda. U bir necha kundan so‘ng uyiga qaytishi mumkin.

Bush nima sababdan kasalxonaga yotqizilgani noma'lum.

 

Top