AQSh poytaxti Vashington shahridagi namoyishchilar Oq uy yaqinidagi ko‘tarma kranni egallab olishdi, deb xabar qilmoqda AVS telekanali.
Politsiya mahkamasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, kranga 7 nafar namoyishchi chiqib olgan, ular quruvchilarga ishni davom ettirishlariga imkon bermayapti. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Washington Post nashrining sobiq binosi joylashgan hudud atrofini o‘rab olgan.
Ular nimaga norozilik bildirayotgani ma'lum emas.