08:42 / 27.02.2017
3624

Shanxayda jamoat joylarida chekishga jarima kiritilmoqda

Xitoyning Shanxay shahri rahbariyati jamoat joylarida chekishga taqiqlovni buzganlarni jarimaga tortishni boshlamoqda. Bu haqda "Sinminvan" portali ma'lum qildi. Tegishli chora 1 mart kunidan kuchga kiradigan yangi qoidada ko‘zda tutilgan.

Yangi qoidaga ko‘ra, mart oyidan yon-atrofi yopiq jamoat joylarida, restoranlarda, ofislarda, jamoatchilik transporti obektlarida chekish to‘liq taqiqlanadi. Qoidani buzgan yuridik shaxslar uchun 2 ming yuandan 30 ming yuangacha (294 dollardan 4411 dollargacha), jismoniy shasxlar uchun 50 yuandan 200 yuangacha (7 dollardan 29 dollargacha) jarima solinadi. Taqiqlangan joylarda chekish holatlari haqida shaharning mutassaddi idoralariga xabar berish uchun aholi va tashkilotlar uchun qaynoq telefon liniyasi joriy qilinadi.

Top