Uzoq kutilgan Şanxay avtokörgazmasi yaqinda öz nihoyasiga yetdi. Odatga köra, mahalliy işlab çiqaruvçilar özining eng yangi modellari bilan qatnaşdi. Ular orasida haşamati, tezkorligi bilan aqlni şoşirib qöyadiganlari ham bor. Quyida Xitoydagi avtosalonda taqdim etilgan ayrim modellar haqida hikoya qilinadi.

Voyah i-Cozy

Foto: Voyah i-Cozy

 

Voyah’ning kutilmagan işlanmasi — i-Cozy. Konsept-karda siz boşqariş uçun rul yoki gaz, tormoz pedallarini uçratmaysiz. Salonda kirganda 4 kişiga möljallangan örindiqlarni körasiz. Old örindiqlar mos ravişda orqaga aylana oladi. Haydovçi uni ortga ögirib, yölovçilar bilan yuzma-yuz bemalol suhbat qurişi mumkin, albatta, töxtagan holatda. Old panelning deyarli butun qismini ekran egallagan.

 

Foto: Voyah i-Cozy

 

Foto: Voyah i-Cozy

Hongqi E-LS

Foto: Hongqi E-LS

Xitoyning taniqli brendi Hongqi ham yangi konsept-kar boşqaruvida rul va pedallardan voz keçgan. Salon qismi xuddi Voyah’nikiga öxşab ketadi. Avtomobilni 2025 yilda seriyali işlab çiqariş reja qilinmoqda. U gibrid yoki faqat elektrda harakatlanadigan versiyada taqdim etilişi aytilmoqda.

Foto: Hongqi E-LS
Foto: Hongqi E-LS

iCar GT