Light | 17:04 / 14.03.2017
51321
4 daqiqa o‘qiladi

Yo‘qolib borayotgan 10 ajoyib mushuk turi

Yovvoyi mushuklarning deyarli barcha turlari yo‘qolish arafasida ekanini bilasizmi? Xavfli yo‘lbarslar, savlatli sherlar, shamoldek tezkor gepardlar - olimlarning baholariga ko‘ra, bu jonivorlar taxminan 50 yildan keyin sayyoramiz yuzasidan butkul yo‘qolib ketishi mumkin. Brakonerlar uchun haqiqiy oltin koniga aylangan noyob mushuk turlari haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Don't Panic yo‘qolib borayotgan 10 ajoyib mushuk turi haqida ma'lumot berdi.

 

Sumatra yo‘lbarsi

Sumatra yo‘lbarsi boshqa mushuk turlariga qaraganda ancha agressivroq. Jonivor yo‘qolib ketish arafasida: uning populyatsiyasi 2016 yilda atigi 300 tani tashkil qilgan edi.

 

Malta yo‘lbarsi

To‘g‘risini aytganda, jonivor shunchalik noyobki, hatto ilmiy hamjamiyatda uning mavjudligiga ham shubhalanishadi. Insoniyat havorang yo‘lbarsni butun tarix davomida atigi bir necha martagina uchratgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, u faqat Himolay tog‘ tizmalarida yashaydi.

 

Barxan mushugi

Bu noyob jonivorni uchratish uchun to‘g‘ri sahroga borishga to‘g‘ri keladi. Barxan mushuklari issiqlik va qurg‘oqchilikni yaxshi ko‘radi, ular faqat tunda ov qilishadi va "juda qimmatbaho sovg‘a manbai" hisoblanishadi. Yashirin hayot tarziga moyillik olimlarning barxan mushuklarini tadqiq qilishlariga to‘sqinlik qiladi. Boshqa tomondan, aynan shu hayot tarzi jonivorlarning brakonerlar to‘riga tushmasligida qo‘l keladi.

 

Oq arslon

Umuman olganda, oq arslon alohida tur hisoblanmaydi. Uning bunday rangda bo‘lishiga genetik kasallik, leykizm sababdir. Bu ko‘rkam, savlatli jonivorlar tabiatda juda kamdan-kam uchraydi.

 

Tilla mushuk

Ekvatorial Afrika o‘rmonlarining degradatsiyasi tilla mushuklar populyatsiyasi buzilishiga olib keldi. Bundan tashqari, pigmeylar qabilasi yo‘qolib borayotgan hayvon turlari haqida tasavvurga ham ega emas: uning dumi yovvoyilarning ajoyib ov amuleti hisoblanadi, terisi esa maishiy predmetlarga ishlatiladi.

 

Serval

Bu gepard va silovsin chatishmasi o‘z vaqtida badavlat kishilarning mashhur o‘yinchog‘iga aylangan edi. Serval osonlikcha qo‘lga o‘rganadi va hatto uy mushugi bilan ham samarali chatishishi mumkin. Afrika savannalarida jonivorga oson bo‘lmaydi: bu yerda u o‘lja manbai hisoblanadi.

 

Margay

Uzun dumli mushuk Janubiy Amerikaning nam va qalin o‘rmonlarini o‘ziga maskan qilgan. Margay butun hayotini daraxtda o‘tkazadi. Uzun dumli mushukning bilagi 180 darajaga qayrila oladi va bu jonivorga daraxt tanasidan pastga qiynalmay tushish imkonini beradi. Afsuski, brakonerlarni bunday fokuslar bilan aldab bo‘lmaydi - margay terisi juda qimmat.

 

Ispan silovsini

Ispan (Pirney) silovsini sayyoraning eng noyob hayvonlaridan biri hisoblanadi. Tur populyatsiyasi atigi 100 tani tashkil qiladi, u brakonerlarning sevimli o‘ljalari sirasiga kiradi.

 

Sumatra mushugi

Bu mushuklar ko‘proq anime personajlariga o‘xshab ketadi: katta ko‘zlar, kalta oyoqlar va dum - pokemonlar yaratuvchilari o‘z personajlari sifatida Sumatra mushugidan foydalanmaganlari g‘alati. Mushukning bu turi shu qadar kamyobki, uning hatto tabiatda qancha qolganini ham bilmaymiz.

 

Qor barsi

Irbis yoki qor barsi faqat Markaziy Osiyo tog‘larida uchraydi. Olimlar jonivorni oxirigacha o‘rganishning uddasida chiqa olishmadi - u yashaydigan joylarga chiqish qiyin. Bugungi kunda dunyoda atigi 4 ming qor barsi mavjud, uni ovlash taqiqlangan.

Mavzuga oid