9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:52 / 20.03.2017 3642

Jyeneva motorshousidagi eng yaxshi stend qaysi kompaniyaga tegishli bo‘lgani aniqlandi

9-19 mart kunlari Jyenevada bo‘lib o‘tgan avtosalonda eng yaxshi ko‘rgazma maydonchasiga Bugatti kompaniyasi stendi aylandi. Bu yo‘nalishdagi mukofot so‘nggi 14 yil davomida reklama va jamoatchilik bilan aloqalar Klubi tomonidan topshiriladi.

«Hay'at Bugatti stendini kichik maydonchadagi samarali dizayn, elementlarining tayyorlanish sifati tufayli tanladi», - deyiladi avtomobil ishlab chiqaruvchisi xabarida.

Markaning Jyenevadagi stendida atigi bitta avtomobil taqdim etildi – ko‘k-moviy rangdagi Chiron giperkari.

«Shiron» W16 sakkiz litrli 1500 kuchli turbomotor va yetti pog‘onali ikkita ulanishli «robot»ga ega. Kupe «yuzga» 2,5 soniyada, soatiga 200 kilometrga esa 6,5, 300ga esa – 13,6 soniyada chiqishi mumkin. Uning maksimal tezligi – soatiga 420 kilometr.

Yevropada giperkar 2,4 million yevro turadi.

Top