Senat raisi Jyenevada BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-assambleyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveytsariyaning Jyeneva shahrida bo‘lib turibdi.

Foto: Senat axborot xizmati
Tashrif doirasida Senati raisi BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jyenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi samarali hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash borasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, 140 ga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.
T. Valovaya O‘zbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Osiyo xotin-qizlar forumi doirasida “2030 yildan keyin barqaror rivojlanish strategiyasi” mavzusida yordamchi tadbir tashkil etish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning bildirishicha, Samarqand forumi ayol deputatlar uchun 17 maqsadni 2030 yildan keyin ham amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Uchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Yakunda muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
Shuningdek, Tanzila Norboyeva Jyeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq (PI) raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash masalalari, shuningdek, hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
O‘tgan qisqa muddat ichida O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning ajralmas qismiga aylangani, hamkorlikda Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan Xalqaro parlament forumi hamda Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammitining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bunga yorqin misol bo‘la olishi alohida ta’kidlandi.
Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan kelasi yili Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Uchrashuvda mamlakatda 150-assambleyani hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
2025 yilda Toshkentda o‘tkaziladigan tadbir yakunlariga ko‘ra Tashkilot butun jahon parlament harakatining o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradigan tegishli hujjatni qabul qilish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aybdorlar «xit paradi»da o‘zgarish: Tramp ilk marta Putinni urushning bosh aybdori deb atadi
Jahon | 17:23
-
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
Jahon | 17:08
-
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:06
-
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:01
Mavzuga oid

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

21:03 / 14.03.2025
Biz O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz - Vyacheslav Volodin

07:25 / 13.02.2025