Jyenevada O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi hisoboti taqdim etildi
6-17 noyabr kunlari Jyenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy sharhi (UDSh) bo‘yicha ishchi guruhi 44-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Dunyo
«Dunyo» xabariga ko‘ra, universal davriy sharh 2006 yil 5 martda yaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 60/251 rezolyutsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha kengashining (IHK) mexanizmi bo‘lib, uning doirasida BMTga a’zo barcha 193 davlatda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni ekspert baholash amalga oshiriladi.
O‘zbekiston 2023 yil 8 noyabrda o‘zining to‘rtinchi hisobotini taqdim etdi. 44-sessiyada O‘zbekiston bilan bir qatorda 13 davlat: Ozarboyjon, Bangladesh, Burkina-Faso, Kabo-Verde, Kamerun, Kanada, Kolumbiya, Kuba, Jibuti, Germaniya, Rossiya, Turkmaniston va Tuvaluning ma’ruzalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston hisobotlari UDShning birinchi, ikkinchi va uchinchi sharhlarida mos ravishda 2008 yil dekabr, 2013 yil aprel va 2018 yil may oylarida ko‘rib chiqilgan.
Tadbir davomida xalqaro hamjamiyat e’tiboriga O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan salmoqli sa’y-harakatlar, qonunchilik, ma’muriy va sud-huquq tizimidagi islohotlar xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola etildi.
O‘zbekiston hisoboti bo‘yicha yig‘ilishda 84 davlat so‘zga chiqdi va 244 ta tavsiya berildi.
So‘zga chiqqan delegatsiyalarning aksariyati O‘zbekiston tomonidan 2013 va 2018 yillardagi oldingi UDSh davrlarida qabul qilingan tavsiyalarni amalga oshirish hamda IHK bilan ochiq va konstruktiv muloqotni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni yuqori baholadi.
IHKga a’zo mamlakatlar, shuningdek, O‘zbekistonning bolalar va majburiy mehnatga barham berish, ayniqsa, paxta terimi, odam savdosiga qarshi kurash borasidagi yutuqlarini ham ijobiy baholadi.
So‘z va OAV erkinligini ta’minlash, bolalar huquqlarini himoya qilish, onalar va bolalar o‘limini kamaytirish, inson huquqlari bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, ayollar huquqlari va gender tengligini ta’minlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash, huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samarali natijalari e’tirof etildi.
2023 yil 10 noyabr kuni O‘zbekistonning UDSh bo‘yicha to‘rtinchi ma’ruzasini eshitish yakunlari yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
-
AQSh Rossiyaning Sumiga zarbasini qoralovchi G7 rezolyutsiyasini blokladi
Jahon | 19:41
-
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi
Jahon | 19:39
Mavzuga oid

11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?

21:11 / 06.01.2025
KXDR «sosiskali sho‘rva» uchun odamlarni lagerlarga yuborishni boshladi - OAV

12:45 / 03.01.2025
Bekobodda IIB binosiga olib kelingan fuqaroni urib o‘ldirib qo‘ygan xodim 9 yilga qamaldi

18:39 / 19.12.2024