Oq uy amerikalik harbiylarga Somalida "Al-Shabob" guruhi jangarilariga aviazarbalar berish bo‘yicha kengroq vakolatlar berdi. Bu haqda Pentagondagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Manbalarinng aytishicha, Somalining ba'zi hududlari AQSh ma'muriyati tomondan 180 kunga "faol harbiy harakatlar hududi" deb tan olingan. Mamlakat poytaxti Mogadisho shahriga bu tartib tatbiq qilinmaydi.