Motorola xodimi va ilk mobil telefon yaratuvchisi Martin Kuper portativ qurilmadan birinchi bor qo‘ng‘iroq qilganiga 44 yil to‘ldi.
Martin Kuper 1973 yilda Motorola DynaTAC nomi ostidagi ilk mobil telefonini chiqardi. Bu katta qurilma 1,15 kg. og‘irlikka ega bo‘lib, uzunligi 22 sm.ni tashkil qilgan. Unda 10ta raqamli hamda qo‘ng‘iroq qilish va uni to‘xtatishga mo‘ljallangan ikkita tugmacha bo‘lgan. DynaTAC faqatgina qo‘ng‘iroq qilishga mo‘ljallangandi.
Telefon suhbat rejimida yarim soat-bir soat ishlagan bo‘lib, juda uzoq vaqt quvvatlantirilgan – 10 soat.
Qiziqarli fakt
Taxminlarga ko‘ra, Martin 3 aprel kuni raqobatchi AT&T kompaniyasi xodimi Joel Engelga qo‘ng‘iroq qilgan. Ular nima haqda gaplashishgani hozirgacha noma'lum. Biroq aynan shu kun dunyoda mobil telefon orqali qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan birinchi kun bo‘lgan, deb hisoblanadi.
Martin Kuperning Motorola DynaTac birinchi telefoni bilan birgalikdagi, shuningdek boshqa tugmali telefonlar fotosuratlarini taqdim etamiz.