
Parijning janubida joylaşgan aholisi 2 mingdan kamroq bölgan Sent-Porto qişloğida ötkazilgan referendumda odamlar jamoat joylarida telefondan foydalanişni taqiqlaşni yoqlab ovoz berdi. Unga köra, kattalarga jamoat joylarida, qirğoq, dökon, kafelarda, bolalarini maktabdan olişga borganda, bolalarga esa köçada ketayotganda telefondan foydalaniş taqiqlanadi. Manzildan adaşib telefon xaritasidan foydalanmoqçi bölganlarga esa odamlardan yölni söraş tavsiya etiladi.
Kattalarga bu yangilik ma’qul kelgan bölsa, yoşlarga yangi tartib unçalik xuş kelmadi.

Qişloq, şuningdek, bolalarning uyda telefondan foydalanmasligi böyiça nizom ham tasdiqladi. Unga binoan, bolalar uxlaşdan oldin, ovqatlaniş vaqtida ekranga qaramasliklari kerak. Agar ota-onalar yozma kelişuv imzolaşsa, ular 15 yoşdan kiçik bolasiga telefon berişni töxtatadi. Örniga hudud ma’muriyati eski rusumdagi telefonlarni foydalaniş uçun tarqatadi.
Hududda telefondan foydalaniş taqiqlanyapti, lekin undan foydalangan odam jazoga tortilmaydi. Sababi bunga oid biror qonun yöq. Örniga hamma jamoat joylariga telefondan foydalanmaslik töğrisida körsatmali plakatlar osiladi. Dökon sotuvçilari esa odamlardan muloyimlik bilan telefondan foydalanmaslikni söraydi.

Smartfonlardan foydalaniş va ekranga qaraş davomiyligi Fransiyada tobora siyosiy masala bölib bormoqda. Ötgan oyda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda bolalar uçun telefondan foydalanişning eng yaxşi varianti olimlar bilan kelişib olinişini ma’lum qilgandi. Bunda telefondan foydalanişda bolalarga nisbatan ma’lum taqiqlar bölişi ham mumkin.











