12:52 / 13.04.2017
20412

Alisher Usmonov Navalniyni sudga berdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Aleksey Navalniy va u rahbarlik qiladigan Korrupsiyaga qarshi kurash fondini sudga berdi. Ularga nisbatan yozilgan ariza Moskva shahar Lyublin sudiga kelib tushgan. 

Sud saytida murojaat ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma'lum qilingan. Hozircha, birinchi majlis muddati noma'lum bo‘lib qolmoqda. 

Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, Navalniy tadbirkorni bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan korruptsion aloqalarda ayblab, "chegaradan chiqqan" hamda shu bilan uning obro‘siga putur yetkazgan. 

RIA Novosti murojaat qilgan advokatlar esa, Usmonov o‘zining haqligini isbotlay olishini taxmin qilishmoqda. Ularning ta'kidlashlaricha, OAVda e'lon qilingan ma'lumotlarga muvofiq, Usmonov Rublyovkadagi bitimni amalga oshirishda noqonuniy ish qilmagan. 

Top