15:19 / 05.05.2017
8547

Buxoroda xalq farovonligi uchun ajratilgan pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol aniqlandi

Foto: Kun.uz

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan “Profilaktika kuni”da viloyat ichki ishlar boshqarmasi ayol xodimalari D.Sharopova va M.Adizovalar tomonidan ayollar jinoyatchiligining oldini olish borasida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Xususan, Kogon shahrida yashovchi, uy-joy shirkati raisi Sh.Narziyeva qurilish korxonasi rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, Kogon shahridagi aholi yashash uylarini mukammal ta'mirlash to‘g‘risidagi shartnomaga asosan bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan rasmiy hujjatlarga bajarilmagan 12.366.000 so‘mlik ta'mirlash ishlarini bajarilganligi to‘g‘risidagi soxta ma'lumotlarni kiritish yo‘li bilan 10.444.710 so‘mlik mablag‘larni o‘zlashtirishga suiqasd qilganliklari jinoyati ushbu mahalla aholisi o‘rtasida atroflicha muhokama qilindi.

Top