15:41 / 08.05.2017
18232

Eron Saudiya Arabistonini ogohlantirdi

Foto: Anadolu

Eron mudofaa vaziri Hussayn Dehqon rasmiy Ar Riyodni o‘ylanmagan harakatlar qilishdan tiyilishga chaqirdi.

«Agarda Saudiya Arabistoni o‘ylanmagan qadamlar qo‘yadigan bo‘lsa, Makka va Madinadan tashqari mamlakatning bironta joyini butun qoldirmaymiz», - deya aytib o‘tdi Dehqon Livanning «Al-Manar» telekanaliga bergan intervyusida.

Dehqon shu tarzda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmonning Eron harakatlari ekstremistik mafkuraga asoslangani haqidagi so‘zlariga o‘z munosabatini bildirgan.

Mavzuga oid
Top