8337.07 USD +0.82

9498.42 EUR -34.92

123.36 RUB +3.51

10609.8 GBP +18.55

07:46 / 10.05.2017 21175

Mun Je In Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bo‘ldi

Foto: telegraph.co.uk

Janubiy Koreyaning "Demokratik partiya" vakili Mun Je In mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlarining g‘olibi bo‘ldi. Milliy saylov komissiyasining ma'lum qilishicha, Inga 41,1 foiz (13,4 mln fuqaro) saylovchilar o‘z ovozlarini berganlar.

"Koreya ozodligi"dan nomzod Xon Jun Pxe 24,03 foiz, "Xalq partiyasi" vakili An Chxol Su 21,4 foiz ovoz to‘play olgan.

Saylovlarning rasmiy natijalari e'lon qilingunga qadar yangi prezident "yangi buyuk millat, buyuk, mag‘rur Koreyani qurishi"ni, u bu "mag‘rur millatning mag‘rur prezidenti bo‘lishdan xursand bo‘lishi"ni aytgan.

Mun Je In 2012 yilgi saylovlarda Janubiy Koreya prezidenti lavozimdan chetlatilgan Pak Kin Hega kichik farq bilan yutqazgandi. U avvalgi ma'muriyatlarni Shimoliy Koreyaning raketa va yadro qurollanishini to‘xtata olmaganliklari uchun tanqid qilib kelgan. In Shimoliy Koreya bilan bosim va sanksiyalarni saqlab qolgan holda ikki tomonlama muloqot olib borishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi prezident bugun, 10 may kuni yangi lavozimini bajarishga kirishadi. Shu munosabat bilan ertalabdan milliy saylov komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilangan. Komissiya saylovlardagi g‘olib nomini rasman e'lon qiladi va shundan keyin yangi prezident vakolatlarini bajarishga kirishadi. 

Ta'kidlanishicha, korrupsiya va xizmat vakolatlarini suiste'mol qilishda ayblanayotgan sobiq prezident Pak Kin He uning ustidan sud jarayoni davom etguncha bir necha oy tergov izolyatorida o‘tkazadi.

Top