8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

08:55 / 14.05.2017 4143

Eronda yirik qo‘poruvchilik amalga oshirmoqchi bo‘lgan terrorchilar guruhi bartaraf etildi

Eron janubi-sharqida yirik qo‘poruvchilikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan terrorchilar guruhi bartaraf etildi. Bu haqda Eron ichki ishlar vaziri Abdulroz Rahmoni Fazliyga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

"Ikki kun avval 20 metr chuqurlikda uzunligi 40 metrlik yer osti tunneli aniqlangandi. Uni barpo etgan terrorchilar kuchli portlashni sodir etmoqchi bo‘lishgan. 40 ga yaqin odam qo‘lga olindi", deb ma'lum qilgan Fazliy Tehrondagi matbuot-anjumanda. 

Tasnim axborot agentligiga ma'lum qilinishicha, tunnel Xash shahrida aniqlangan. U turar joy binosi yerto‘lasidan ikki obekt tomonga qarab ketgan bo‘lgan. Bu obektlardan biri xavfsizlik xizmatiga, ikkinchisi harbiylarga tegishli bo‘lgan. Terrorchilar shu obektlarni portlatmoqchi bo‘lishgan. Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.  

Eron janubida, asosan Pokiston bilan chegaradosh hududlarda "Jaysh al-Adl" ekstremistik tashkiloti harakat qiladi. Bu guruh 2012 yilda tashkil etilgan va Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan yakson qilingan "Jundalloh" guruhining vorisi hisoblanadi. "Jaysh al-Adl" jangarilari bir qator teraktlar, harbiylar va chegarachilarni o‘g‘irlash va o‘ldirish kabi qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishga aloqador hisoblanadi.

Top