20:59 / 18.05.2017
6612

Patrushev: MDHda viza tartibi kiritilishi integratsiya jarayonini tormozlashi mumkin

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan viza tartibi kiritilishi MDH hududida integratsiya, iqtisodiyot rivojlanishi va gumanitar hamkorlik jarayonini tormozlashi mumkin, deb aytdi.  

"Rossiya jamiyatida MDH davlatlari bilan, ayniqsa Sankt-Peterburgdagi teraktdan keyin, viza tartibini kiritish haqida bahs-munozaralar to‘xtamayapti, biroq bunday qarorning qabul qilinishi Hamdo‘stlik hududida integratsion jarayonlar, iqtisodiyotni rivojlantirish va gumanitar hamkorlikni tormozlashi mumkin", deb aytdi Patrushev "Rossiyskaya gazeta" nashriga bergan intervyusida. 

Top