Özbekistonliklarning Germaniyaga ketişi qiyinmi? Yevropaga viza oliş-çi? Borgan işçilarga qança tölanadi? Yaşaş xarajatlari qimmatmi? Xorijdan keluvçilarga qanday qulayliklar bor? Kun.uz 2 yildan beri Germaniyada gastronomiya sohasida işlayotgan özbekistonlik hamyurtimiz Muzaffar Valijonov bilan bölgan suhbatda şular haqida gaplaşdi.

Muzaffar Valijonov Namangan viloyatining Çust tumani Olmos qişloğida tuğilgan. Asli oddiy dehqon oilasidan bölgan qahramonimiz 2011-2015 yillarda Namangan davlat universitetining nemis tili fakultetini öqib, tamomlagan. 2015-2022 yilgaça öqituvçilik bilan şuğullangan.

U Kun.uz bilan bölgan suhbatda Germaniyaga qanday borib qolgani, u yerda nima iş qilayotgani, yaşaş va işlaş şaroitlari haqida batafsil gapirib berdi.

Uşalgan Germaniya orzusi

Germaniyaga keliş istagi litseyda öqib yurgan vaqtimizda boşlangan. 2008-2011 yillarda litseyda öqib yurganimizda nemis tilini örganiş bilan birgalikda şu davlatga boriş, nemis madaniyatini köriş yoki tabiati, insonlari bilan yaqindan tanişiş istagi paydo bölgan. Universitetda öqib yurgan vaqtimizda bu orzu orzuligiça qolib ketdi. Undan keyin 2022 yil nasib qilib, ustozimiz va Consulting.uz kompaniyasining yordami bilan Germaniyaga kelganmiz.

Consulting.uz kompaniyasi Germaniyaning eng yirik iş beruvçisi Europa-park istirohat boği bilan birgalikda şartnoma asosida işlaydi. Ya’ni bu – işçi hamda ausbilding (ham öqib, ham işlaş dasturi) uçun öqişga Özbekistonda fuqarolarni olib keliş uçun tuzilgan kompaniya. 2021 yil avgust oyida hujjat işlarini boşladik, 2022 yil fevral oyida dastlabki sertifikat imtihonlari bölib ötdi.

Ya’nikim Germaniyaga keliş uçun til sertifikati, qilinadigan daraja B1 bölişi lozim. Biz öşa sertifikatni va bir qança söralgan hujjatlarni olib, Sonsulting.uz firmasi rahbari Orif Ahmadaliyevga berganmiz. Undan keyin bizga 2022 yil 25 martida elçixonaga kiriş aytildi, suhbatga elçixonaga kirdik. Vizamiz bir haftada çiqdi, şu bilan 2022 yil 12 aprel kuni Germaniyaning Badenburg viloyatida joylaşgan Europa-park istirohat boğiga işlaşga kelganmiz. Istirohat boğining hududda oşxonalari, “food station”lari bor, hozirda bu yerda gastronomiya sohasida işlayman.

Ketiş uçun qanday hujjatlar kerak?

Albatta, bu jarayonda işga yoki öqişga ketiş yönalişi söraladi. Agar iş uçun bölsa, nomzoddan til sertifikati söraladi. Sertifikat bölmasa, öquv markazlarida öqib, til sertifikatini olib kelişi mumkin. Ausbilding (ham öqib, ham işlaş)ga keladiganlar esa til sertifikatiga ega bölişsa, Sonsulting.uz kompaniyasiga şu qoğozni berişadi. Şu örinda aytib ketaman, ausbilding bu öqişga keliş hisoblanadi. Bu dasturda ham öqib, ham işlanadi. Unda haftada 5 kun işlanadi, kuniga 8 soatdan qilib belgilangan, misol uçun Europa-parkʼda şunday. 1 oy işlasangiz, 2 hafta öqiş qöyiladi. Öqiş davomida örganganlaringizni boğga kelib, işlayotgan joyingizda amaliyotda qöllaşingiz ham mumkin.

Işga keliş uçun söraladigan hujjatlarni aytsam, masalan, til sohasini bitirganlar uçun nemis, ingliz, fransuz tillari böyiça oliy ta’lim diplomi bölsa yoki menejment, turizm, oziq-ovqat, biznes boşqaruvi kabi sohalarda ham oliy ta’limni tamomlagan bölsa, diplomni hamda xorijga çiqiş pasporti va albatta til sertifikatini taqdim etişi kerak böladi.

Eng asosiysi – til biliş. Çunki bu yerga til bilmasdan kelsangiz, boşliqlar tomonidan aytiladigan işlarni tuşunmay qolişingiz mumkin yoki qilayotgan işingizni tuşuntirib berolmay qolişingiz mumkin. Tilsiz keliş qiyinroq. Iş jarayonida özingizni noqulay his qilasiz.

Viza oliş qiyinmi?

Viza oliş jarayoniga ham Sonsulting.uz kompaniyasi yordam beradi. Ya’ni elçixonaga beriladigan hujjatlarning hammasini tayyorlaşda şu kompaniya yordam beradi. Europa-park kompaniyasi tomonidan kelayotgan har bir fuqaro uçun ijara şartnomasi beriladi. Ijara şartnomasi iş şartnomasidan taşqari turar joy uçun beriladi. Europa-park kompaniyasi iş va ijara şartnomasi, qolaversa, özlarining maxsus hujjati bor, şu 3 ta hujjatni tayyorlab berişadi. Elçixonaga kiradigan har bir fuqaroning elektron poçtasiga jönatiladi. Şu hujjatlar va elçixonaga kirişda milliy viza sörovnomasi blankasi bor, şu blankani töldirib, til sertifikati, xorijga çiqiş hujjati, diplom bilan birgalikda kirib boriladi.

Hozirda Germaniyaga qiziqiş köp bölgani sabab termin oliş jarayoni biroz qiyinlaşgan. Lekin bunga ham Sonsulting.uz kompaniyasi yordam beradi. Har bir fuqaroning özi elçixona saytiga kirib, termin olişi şartmas. Guruh şaklida, misol uçun, haftaning qaysidir kunida 5 nafar fuqaro uçun firmaning özi termin olib beradi. Termin bu – elçixonaga kirişga ruxsat hujjati.

Migrantlar qanday qöllanadi?

Aynan özim misolimda aytsam, eng birinçi örinda turar joy bilan ta’minlaşlarini qayd etardim. Şunga öxşaş har bir katta kompaniya özining işçilarini turar joy bilan ta’minlaydi. Tösiqlarga keladigan bölsak, hali 2 yil içida biror tösiqqa uçramadim. Boşida bir yilga viza olib kelganmiz. Vizamizning muddatini uzaytiriş uçun 2022 yil dekabr oyida hujjat işlari boşlangan, bunda ham boğ ma’muriyatining özi yordam bergan. Ya’ni bizning bu yerga kelişimizda biz bilan birgalikda hujjat işlarida işlagan Europa-park kompaniyasi vakillari xonalariga çaqirib, viza muddatlarini uzaytiriş böyiça suhbatlar qilişadi.

Bu jarayonda tayyorlanadigan hujjatlarni migrantlar bilan birgalikda tekşirib körib, töldirib berişadi. Çet elliklar bilan işlaş bölimi bor, şu bölimga yuqorida tayyorlangan hujjatlarni topşirişadi. Keyingi viza çiqquniça, talabgorlardan xabar olib turişadi. Birinçi viza elektron tarzda poçtadan yuboriladi, bölim xodimlari şu dastlabkisini oldingizmi yoki viza töldiriş muddatingiz kam qoldi deb sörab turişadi. Qisqaça aytganda, sizni çetda qoldirişmaydi.

Yana bir yaxşi tomonlari: aynan biz işlayotgan kompaniyaning qöriqlaş xizmatlari bor. Siz yaşab turgan hudud doimiy ravişda Europa-park kompaniyasi tomonidan qöriqlanadi. Bu kompaniyaning özida tez yordam xizmati ham bor. Iş jarayonida qaysidir sohada işlayotganlarga birinçi tez tibbiy yordam körsatiş kerak bölsa, boğ ma’muriyatining özidagi tibbiy xodimlar yetib borişadi.

Işdagi afzalliklarini aytadigan bölsam, kunlik işlaş soatimiz 8,5 soat. Bizda apreldan sentabrgaça yozgi mavsumda mehmonlar soni köproq böladi, şunda 9-9,5, ya’ni qöşimça 1-1,5 soat işlaşimiz mumkin. Lekin bu ham biz uçun yaxşi, çunki qöşimça soatlar yiğilib, oyning söngida hisoblab, qöşimça summa tölanadi. Haftalik işlaş soatimiz 40-42 soat, agarda bir oyda 200 soat işlansa va xodimning normal işlaş vaqti 175 soat bölsa, qolgan 25 soat uçun ortiqça pul tölanadi va bundan davlat soliği olinmaydi.

Şuningdek, Germaniyada tibbiy suğurta bor. Bu yerga kelgandan keyin har kim majburiy suğurtalanadi. Pensiya fondiga ham pul tölanadi. Endi majburiy suğurtaning yaxşiligi şundaki, agarda biror joyingiz oğrib, betob bölsangiz, şifoxonaga borasiz, şifokor dori yozib beradi. Dorixonada majburiy suğurtangiz bor bölgani uçun bu dorilarni çegirma asosida olişingiz mumkin. Qaysidir dorilar hatto bepul beriladi, misol uçun, oğriq qoldiruvçilar.

Işlovçilar qança daromad topadi?

Germaniyada işlovçilar yaxşi pul topişmaganida, men bilan kelgan 32 kişidan 28 nafari qolmagan bölardi. 4 kişi qaytib ketdi, şunda ham oila sabab 3 nafar qiz va bir nafar yigitimiz Özbekistonga qaytişga majbur böldi. Lekin qolganlar şu yerda. Köpçiligimiz 1 yil işlab, qaytamiz degandik. Ammo hammaga yoqdi, endi 2 yil töliq işlab, undan keyingi şartnomamiz muddatsizga köçirildi. Endi istirohat boğida xohlaganimizça işlaşimiz mumkin. Demak, nimasidir yoqdiki, şu yerda işlayapmiz. Ya’ni oylik maoşlari qoniqtirgani uçun davom etyapmiz.

Eng kamida 2400 yevro brutto bilan işçi vizasi olib, bu yerga kelinadi. Brutto soliqlari bilan birgalikda, endi bu summadan qölga tegadigan miqdori, ya’ni nettosi 1800-1900 yevroni taşkil etadi. Bu yaxşi degani. Qolgani majburiy suğurta, pensiya jamğarmasi va daromad soliği uçun uşlab qolinadi. Daromad soliğining yaxşi tomoni şundaki, yil davomida tölangan soliqning qançadir miqdori qaytarib beriladi. Biz 2022 yilda şuning arizasini yozib topşirganimizda 2023 yilning aprel oyida 2022 yilda tölagan daromad soliğimizning salkam 60-70 foizini davlat qaytarib berdi. Bu ham migrantlar uçun yaxşi.

Bu yerga kelganingizdan keyin doimiy 2 400 yevrolik oylik bilan qolib ketmaysiz. Maoşni oşiriş özingizning qölingizda. Agar yaxşi işlasangiz, berilgan topşiriq-vazifalarni sidqidildan, xatosiz bajarsangiz, işga bölgan talabçanlik bölsa, iş jarayonini töğri boşqara olişlik bölsa, öz vaqtida işga borsangiz, oyligingiz özgarişi mumkin. Şu örinda aytib ötaman, mening ham oyligim 2 400 bölgan, lekin 2 yil içida bu summa ança oşdi. Har şartnoma özgarganda bu miqdor kötariladi. Uni kötariş esa özingizning qölingizda.

Germaniyada yaşaş qimmatmi?

Germaniyada ijarada yaşaş qimmat, eng arzonlari ham 400-500 yevrogaça boradi. Lekin Europa-park kompaniyasi işçilariga yengillik yaratiş maqsadida maxsus turar joy taşkil qilgan va bu uylar eng arzoni hisoblanadi. Hozir men yaşab turgan xona uçun 150 yevro ijara tölovini qilaman. Buning içida kommunal tölovlari yöq.

Bundan taşqari, işçilar uçun iş vaqtida tuşlik bepul. Xodimlarga boğning özida 3 ta oşxona taşkil qilingan. Keçki 5 gaça işlaydi, agar siz soat 10-11 oraliğida ovqatlanişga borsangiz, keçki 4-5 gaça yana oçiqib qolsangiz, boşliğingizdan ruxsat olib, yana qayta ovqatlanişingiz mumkin. Ovqatlanişlar boğ tomonidan tölab beriladi va buning çeklangan miqdori yöq. Bir oyda 30 kun bölsa, siz 30 marta ovqatlanişga imkoningiz bor degani emas. Istasangiz undan köproq yeyişingiz mumkin. Qança yesangiz ham boğ ma’muriyati tölab beradi.

Kelgusi rejalarim – Özbekistonga, vatanga qaytiş. Qaytib borsam, sevimli soham öqituvçilik kasbini davom ettiraman.

Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi.
Tasvirça Muhammadjon Ğaniyev,
Montaj ustasi Abduqodir Tölqinov.