10:35 / 18.05.2017
5281

Reuters: Tramp Fors ko‘rfazi mamlakatlarini NATO kabi alyans tuzishga chaqirish niyatida

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ilk xorijiy safari chog‘ida Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Yaqin Sharqda NATOga o‘xshash tashkilot tuzishga chaqirish niyatida. Bu haqda Reuters agentligi Vashington ma'muriyatidagi manbasiga asoslangan holda xabar qildi

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp "Saudiya Arabistoniga uyushtiradigan tashrifida Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Yaqin Sharqda NATOga o‘xshash kuchni tashkil etishga chaqiradi".

Avvalroq, Oq uy ma'muriyati mamlakat prezidentining 21-27 may kunlari o‘zining ilk xorijiy safariga chiqishini, uning doirasida Saudiya Arabistoni, Isroil, Italiya, Vatikan va Belgiyaga tashrif buyurishini ma'lum qilgan edi. Bundan tashqari, Tramp G7 va NATO sammitlarida ham ishtirok etadi. NATO sammiti 25 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top