19 aprel kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Hanya Turkiyaga borib, Erdöğan qabulida böldi. Avvalroq byuro Qatardan boşqa joyga, ehtimol Ummonga köçişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni paytda Isroil Rafah operatsiyasini boşlaş arafasida. Yaqin Şarqdagi sönggi voqealarni Kun.uz studiyasida ekspert Şavkat Ikromov şarhlab berdi.
— Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va HAMASning siyosiy qanoti rahbari Ismoil Hanya muzokaralari nimaga qaratilgandi?
— Bu ularning birinçi uçraşuv emas, 7 oktyabrdan keyin Ismoil Hanya uçinçi marta Erdöğan bilan uçraşyapti. Mazkur uçraşuv Ğazodagi vaziyatga jiddiy ta’sir körsatuvçi bayonotlar bilan keçgani yöq. Ya’ni muhim qarorlar qabul qilingani yöq, bayonot ham berilmadi, lekin muzokaralar uzoq davom etdi. Turkiya taşqi işlar vaziri bilan 3 soatlik va Erdöğan bilan uçraşuvlardan keyin ayrim tezislar e’lon qilingan. Ularga köra, Erdöğan Falastin xalqini birdamlikka, mustaqilligi uçun kuraşişga çaqirgan. Umuman, bunday çaqiriq Erdöğan partiyasi hokimiyatda ekanidan buyon mavjud.
Aniq bayonotlar yöq, lekin bir qança masalalar körib çiqilganini taxmin qiliş mumkin. Xususan, HAMASning Qatardagi ofisini köçiriş masalasi, guruhlarni köçiriş masalasi, Falastin davlati taşkil topişi, öt oçişni töxtatiş, keskinlikni yumşatiş, HAMASni muzokaralarga undaş kabi masalalar körilgan bölişi mumkin ehtimol. Lekin natijasiz tugagan bölsa kerak, çunki maxsus bayonotlar bölmadi.
Turkiyaning Ğazodagi jarayonlarga özgaruvçan munosabati haqida gapirmoqçiman. Turkiya juda nozik öyin olib boryapti. Turkiya taşqi işlar vaziri Mavritaniyaga borgandagi bayonotida Turkiyaning Ğazo böyiça “öta nozik siyosati” degan jumla işlatilgan. Bu noziklik Rossiya-Ukraina uruşi kontekstida ham işlatilgandi. Anqara Ukraina suverenitetini e’tirof etib, Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirgan. Ğazoda ham şunday holat. Turkiya Netanyahu hukumatiga nisbatan keskin bayonotlar beradi, lekin iqtisodiy aloqalar pastlagani yöq.
Turkiya – Isroilni tan olgan birinçi musulmon davlati, 1949 yildayoq tan olgan. Sovuq uruşdan keyin 2006 yilgaça Turkiya va Isroil yaqin ittifoqçilar edi. 2006 yilda Ğazoda HAMAS hokimiyatga keldi, Turkiyada hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasida esa musulmon dunyosiga e’tibor beriş, yetakçilik qiliş pozitsiyasi bor edi. Şu nuqtai nazardan HAMASni qöllaşini bildirdi va Isroil bilan ziddiyatlar vujudga keldi. 2006-2013 yillar oraliğida ziddiyatlar biroz harbiy tus olgan, jiddiy voqelar bölgan. Lekin bu orada va keyinroq ham har ikki davlat bir-biri uçun taşqi savdodagi eng asosiy önta hamkordan biri bölib kelgan. Isroildan Turkiyaga yuqori texnologiyalar, Turkiyadan Isroilga esa töqimaçilik mahsulotlari, harbiy harakatlarda kerak bölişi mumkin bölgan pölat kirib borgan.












