17:53 / 18.05.2017
20480
Video: Xitoylik shifokorlar operatsiya vaqtida janjallashib ketdi

Xitoylik ikki tibbiyot xodimi jarrohlik amaliyoti vaqtida o‘z munosabatlariga oydinlik kiritib olishga qaror qilishdi. Ularning mushtlashishi jarayoni videosi Shanghaiist tomonidan e'lon qilingan.

Bu video Xenan viloyatidagi Lankao shahrida joylashgan shifoxonada ro‘y bergan. Kadrlarda ko‘rish mumkinki, avvaliga hamshira shifokor bilan bahslashishni boshlaydi, keyin unga tashlanib qoladi. Bundan jahli chiqqan shifokor esa unga qattiq javob zarbalarini yo‘llaydi.

Ayni vaqtda politsiya hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlagan. Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko‘ra, klinika xodimi ushbu janjal ro‘y bergan vaqtda operatsiya boshlanmagani haqida aytgan, ammo kadrlar buning teskarisini ko‘rsatadi.

Top