Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada daraxt kesilishi ortidan kelib chiqqan janjalda ayol kishi o‘ldirildi
Erkak tomonidan tosh bilan urilgan ayol og‘ir tan jarohati olgan va shifoxonada vafot etgan.
Farg‘ona shahrida joylashgan hududda ekilgan teraklarni kesish paytida kelib chiqqan janjalda erkak ayolni urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 14 fevral sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol Farg‘ona shahar “Jo‘ydam” MFYda joylashgan ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarini kestirayotgan vaqtida, yerning sobiq egasi E.U. daraxtlar o‘ziga tegishli ekanini aytgan va o‘rtada janjal kelib chiqqan.
Janjal davomida erkak ayolning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan og‘ir tan jarohati olgan ayol shifoxonada vafot etgan.
Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra ayolning o‘limiga bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan E.U.ga nisbatan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026