Tarmoqlarda poytaxtning 103-maktabda ekanligi aytilgan öqituvçi va öquvçi örtasida sodir bölgan janjal videosi tarqaldi. Unda öqituvçi öquvçini tortqilab, darsdan çiqarib yuborişga uringani aks etgan. Bola öqituvçisiga qarşilik qilib, uni bir neça marotaba itarib ham yuborgan. Keyin öqituvçi bolaga tanbehlar berib, uni siltagan va xonadan çiqarib yuborgan.
Videoda ikki tomonning özaro janjali davomida sinfdagi öquvçilar darsda şovqin kötarib baqirgani, qarsaklar çalgani, bolalardan biri «doska» oldiga çiqib, raqsga tuşganini köriş mumkin.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilişiça, holat çindan ham 103-maktabda sodir bölgan. Hozirda Toşkent şahar MMTB örganiş olib bormoqda. Örganiş natijalari böyiça qöşimça ma’lumot berilişi ta’kidlandi.












