09:12 / 19.05.2017
4023

Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi

Foto: Trend News Agency

Eronning butun hududida respublika prezidenti saylovlari uchun ovoz berish uchastkalari ochildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

RIA Novosti’ning ma'lum qilishicha, qariyb 63 ming uchastka ochilgan, ovoz berish jarayonida 56 million kishi qatnashishi mumkin.

Davlat rahbari lavozimiga amaldagi prezident Hasan Ruhoniy, oyatulloh Ibrohim Raisiy, sobiq vitse-prezident Mustafo Hoshimiy-Taba, shuningdek, konservatorlar nomzodi Mustafo Og‘a-Mirsalim da'vogarlik qilmoqda.

Nomzodlardan birontasi ham saylovchilarning 50 foiz ovozini ololmasa, ikkinchi tur belgilanadi.

Mavzuga oid
Top