13:19 / 22.05.2017
5142

Bangkok shifoxonasidagi portlashga bomba sabab bo‘lgan

Foto: AP

Bangkok shahridagi shifoxonalardan birida dushanba kuni yuz bergan portlashga bomba sabab bo‘lgan. Bu haqda Khaosod nashri mahalliy politsiya vakiliga asosan xabar berdi.

Hodisa dushanba kuni ertalab Tailand poytaxti markaziy tumanidagi Pxramongkutklao shifoxonasida yuz berdi. Nation gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, voqea tufayli kamida 23 kishi jabrlandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash pensiyaga chiqqan mansabdor shaxslarni qabul qilish xonasida ro‘y bergan. 

Politsiya boshlig‘i o‘rinbosari Srivara Ransibraxmanakulning so‘zlariga ko‘ra, portlash joyidan portlovchi modda izlari topilgan.

"Bu bomba bo‘lgani tasdiqlandi. Biz maxsus majlis chaqiramiz", - deya politsiya vakilining so‘zlarini keltiradi nashr. Uning qo‘shimcha qilishicha, portlash joyida simlar ham aniqlangan.

 

Mavzuga oid
Top