Rossiya harbiy samolyoti Voronej viloyatining Petropavlovka qişloğiga «samolyot öq-dorilarini» taşlab yubordi, deb xabar berdi 2 yanvar, seşanba kuni mintaqa gubernatori Aleksandr Gusev.
Snaryadning «avariyaviy tuşişi» natijasida heç kim jabrlanmadi, biroq kamida yetti xonadonga zarar yetdi, dedi gubernator. «Derazalar, tomlar va boşqa qurilmalarga zarar yetgan bölişi mumkin. Ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda», - deb yozdi Gusev.
Rossiya Mudofaa vazirligi mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9 da Petropavlovka uzra «aviatsiya öq-dorilarining ğayrioddiy tuşişi» sodir bölganini tasdiqladi. «Hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda, voqea joyida komissiya işlamoqda. U yetkazilgan zararni baholaydi hamda uylarni tiklaşda yordam beradi», - deb ta’kidlaydi RIA «Novosti».
Telegram-kanallarda e’lon qilingan videolarda bombaning qulaşi oqibatlari aks etgan holat - vayron bölgan uylarni köriş mumkin. Mahalliy aholi vakillarining aytişiça, «köçaning yarmi» vayronaga aylangan.
Belgorodga Rossiya bombalarining tuşişi
2023 yil aprel oyida Belgorodning markaziy qismida aviabomba portlab ketgan edi, u Rossiyaning Su-34 harbiy samolyoti tomonidan şaharga taşlab yuborilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi hodisani «aviatsiya öq-dorilarining ğayritabiiy tuşişi» deb atagan. Portlaşdan söng markaziy köçalardan birining çorrahasida radiusi 20 metr bölgan çuqurlik hosil bölgan, portlaş tölqini töxtab turgan bir neçta avtomobillarga zarar yetkazgan va elektr uzatiş simlari ustunlarini qulatgan.
Ertasi kuni bomba tuşgan joy yaqinida yana bir «yuqori quvvatli öq-dori» topilgan. U ham portlamagan FAB-500 aviabombasi ekani aniqlangan. 17 ta köp qavatli uyning 3 mingdan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi. Oxir-oqibat snaryad turar joy hududidan olib çiqib taşlangan va şahar taşqarisida portlatilgan.
Aprel oyida Belgorod viloyatiga tuşib ketgan uçinçi bomba may oyida – Ukraina çegarasidan 10 km uzoqlikdagi Golovçino qişloğida topilgan.













