Eronda allaqaçon 60 foizgaça boyitilgan 128,3 kg uran bor. Bu haqda 15 noyabr, çorşanba kuni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) maxfiy hisobotiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Uning hisob-kitoblariga köra, 90 foizgaça boyitilgan uşbu moddaning 42 kgga yaqini atom bombasini yaratiş uçun «nazariy jihatdan» yetarli. Şu tariqa, Eronning uran zaxiralari keyingi boyitiş işlari davom etgan taqdirda bilan uçta atom bombasini yaratiş uçun yetarli. 

«Bu juda katta miqdor, ayniqsa, agar u heç narsa uçun işlatilmasa», dedi Reuters xabariga izoh bergan yuqori martabali amerikalik diplomat. Uning qöşimça qilişiça, Eron dunyoda uranni atom quroli işlab çiqarmasdan şunday yuqori darajada boyitgan yagona davlatdir. 

Şu bilan birga, AEXA ma’lumotlariga köra, sönggi vaqtlarda Eronda har oy örtaça 3 kgga yaqin uran 60 foizgaça boyitilyapti. Taşkilot ma’lumotlariga köra, joriy yil boşida bu körsatkiç 9 kilogrammga yetgan. Diplomatik manbalar jarayon sekinlaşişini Tehron va Vaşington örtasidagi bilvosita muzokaralar bilan boğlaydi, ularning biri sentabr oyida mahbuslar almaşinuvi bilan yakunlangandi. 

Eron AEXA talablarini bajarmayapti

2015 yilda Eron «oltilik guruhi» (AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya) bilan Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasini (QQHR) imzoladi. Reja Eronning yadroviy dasturini çeklaş evaziga unga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bosqiçma-bosqiç olib taşlaşni nazarda tutgan. Biroq 2018 yilda AQŞ Tramp boşçiligida kelişuvdan çiqişini e’lon qildi. Bunga javoban Tehron kelişuvning öziga tegişli qismini bajarişdan boş torta boşladi. 

Bir yil avval AEXA kengaşi Erondan Tehron tomonidan e’lon qilinmagan uçta joyda topilgan uran izlari böyiça tekşiruv ötkazişni talab qilgan edi. Keyinçalik AEXA bir obektni röyxatdan olib taşladi, biroq tergov böyiça heç qanday özgariş yuz bermadi. Monitoring uskunalarini, jumladan, ötgan yili Eron tomoni olib taşlagan kuzatuv kameralarini qayta örnatiş böyiça kelişuv joriy yilda qisman amalga oşirildi. Sentyabr oyida esa Tehron AEXA ayrim inspektorlarining akkreditatsiyasini qaytarib oldi. 

Bularning barçasiga qaramay, kelgusi hafta AEXA kengaşi yiğilişida Eron jiddiy oqibatlarga duç kelişi dargumon, deb yozadi Reuters. AQŞ va Yevropa, deya ta’kidlaydi agentlik, Isroilning HAMAS harakati bilan davom etayotgan uruşi fonida Eron bilan diplomatik keskinlaşuvdan qoçişga harakat qilmoqda – Tehron yoki unga aloqador taşkilotlar mojaroga aralaşişi mumkinligi böyiça xavotir bor.