20:06 / 23.05.2017
8231
Yangi mojaro: Politsiya «PSJ» futbolchilari uyida tintuv o‘tkazdi
Foto: Twitter/@psg

Fransiyaning Korrupsiya, moliyaviy va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish Markaziy byurosi xodimlari «Pari Sen-Jyermen» klubi ofisi va jamoaning ikki futbolchisi Anxel Di Mariya va Xaver Pastorening uylarida tintuv o‘tkazgan. Bu haqda Foot Mercato nashri Football Leaks onlayn platformasi manbasiga tayanib xabar bergan.

Xabarda qayd qilinishicha, tintuv ishlari seshanba kuni ertalab, mahalliy vaqt bilan tong 06:00da amalga oshirilgan. Klub va futbolchilar bir qator soliqqa oid qing‘irliklarda ayblanmoqda.

Hozircha tintuv ishlari bo‘yicha boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmayapti.

Top