Bugun, 15 mart kuni UYeFAning Şveytsariyadagi qarorgohida Çempionlar ligasi 2023/2024 mavsumi çorak va yarimfinal bosqiçlari uçun qur’a taşlaş marosimi ötkazildi.

Qur’a asosiy favoritlar sanalgan «Real» va «Mançester Siti»ni çorakfinaldayoq özaro raqib qildi, şuningdek, «Arsenal» — «Bavariya», «Atletiko» — «Borussiya» D hamda «PSJ» — «Barselona» juftliklari hosil qilingan.

Şuningdek, jamoalar yarimfinaldagi ehtimoliy raqiblarini ham bilib olişdi.

1/2 final juftliklari:

  • «Atletiko» / «Borussiya» Dortmund – «PSJ» / «Barselona»
  • «Arsenal» / «Bavariya» – «Real» / «Mançester Siti»

Çorakfinalning dastlabki uçraşuvlari 9-10 aprel, javob öyinlari esa 16-17 aprel kunlari bölib ötadi. Yarimfinal bahslari esa 30 aprel va 1 may, javob bahslari 7-8 may kunlariga belgilangan.