8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

23:22 / 26.06.2017 10894

Time nashri internetdagi eng nufuzli odamlar kimligini ma'lum qildi 

AQShning haftalik Time jurnali AQSh prezidenti Donald Tramp va Suriyaning Halabidan bo‘lgan bloger qiz Bana Alebedni internetdagi eng e'tiborli odamlar deb topdi.

Tramp tvitterdagi sahifasida muntazam xabarlar chop etishi tufayli nashrning "Internetdagi 25 nafar eng nufuzli odamlar" ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda.  Nashrning ta'kidlashicha, ba'zi hollarda Trampning xabarlari uning "prezidentligiga putur yetkazadi".

"Biroq yakunlanmaydigan drama yoki u evaziga Tramp hozirda tvitterda eng ko‘p obunachilarga ega bo‘lgan jahon yetakchisi hisoblanadi, bu esa unga o‘z fikrlarini o‘z shartlari asosida samarali yetkazish imkonini beradi", deb yozmoqda nashr.

Halablik qizcha ham tvitterdagi xabarlari sababli mashhurlikka erishgan. Jurnalning yozishicha, qizning xabarlari tufayli "ko‘pchilik jurnalistlar Suriyaga borolmayotgan bir paytda butun dunyo Suriyadagi urushning dahshatlari haqida xabar topdi". O‘tgan yil dekabrda qiz ota-onasi bilan Halabni tark etib, qochqin sifatida Turkiyaga ko‘chib o‘tdi.

Jurnal talqiniga ko‘ra internetdagi eng e'tiborli odamlar ro‘yxatidan shuningdek rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, britaniyalik yozuvchi Joan Rouling, amerikalik qo‘shiqchilar Keti Perri va Rianna ham joy oldi.

Top