Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti xabar bergan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi PQ-3102-son qaroriga muvofiq Umarov Olimjon Muxamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi Prezident sayti xabarida.