– Şavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Içki işlar organlarini xalqçil tuzilmaga aylantirişga doir qarorni imzoladi. Bu qaror bilan tizimda nimalar özgaradi? Jamoatçilik özgarişlarni sezadimi?
– Prezidentimiz boşçiligida 6-7 yildan bari içki işlar tizimini isloh qilyapmiz. 20 yanvarda ham muhim qaror imzolandi. Qarordan belgilangan birinçi maqsad inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qiliş, qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, inson qadrini uluğlaşga qaratilgan.
Içki işlar organlarini xalqçil tizimga aylantiriş uçun içki işlar tizimini ijtimoiylaştiriş masalasi qöyilgan. Qaror natijasida tuzilma va mazmun özgardi. Birinçi örinda içki işlar xodimlariga muomala madaniyati, odamlarni rozi qiliş vazifasi qöyilgan.
Prezident qarori bilan Içki işlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi qabul qilingan. Kodeksda xodimlarning madaniyati, bilimi va tartib intizomini kuçaytiriş masalasi bor.
– Kodeksdagi qoidalarga amal qiliş qat’iy belgilanmoqda. Qoidadan çetga çiqilsa, intizomiy javobgarlikka tortiş, hatto işdan böşatişgaça bölgan çoralar körilişi belgilangan. Bu kabi qoidalar oldin ham mavjud edi boşqa hujjatlar şaklida. Kodeks qabul qilingaç, amalda nimalar özgaradi?
– Töğri, oldin ham intizom nizomi bor edi. Ular idoraviy hujjat maqomida bölgan va ahamiyati alohida kodeksnikiçalik katta bölmagan. Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarni, içki işlar xodimlarining notöğri harakatlarni körib çiqib ham örganganmiz va tahlil asosida ularni kuçaytiriş, fuqarolar bilan muomala madaniyati, ular bilan hamkorlik qiliş böyiça kodeks qabul qildik.
Birinçi örinda kamtarlik qadrlanadi, kodeksda fuqarolarni bilan mensimaslik holatlari sodir etmasligi qat’iy talab sifatida belgilangan. Ilgari vazir buyruği şaklida ham şunday talablar bölgan, ammo ularni faqat xodimlarning özlari bilardi, fuqarolarning xabari bölmasdi. Hozirgi hujjatni har bir fuqaro körişi, bilişi mumkin. Fuqarolar xodimlardan kodeksdagi qoidalarga rioya etişni talab qiliş imkoniga ega.










