Bugun, 30 iyun kuni Lionel Messi Argentinada Antonella Rokkutstso bilan turmush quradi. Yilning eng shov-shuvli to‘yi bo‘lishi kutilayotgan bu marosimga yuzlab mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Nikoh oqshomi Rosariodagi shahar markazi majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Juftlik 5 yoshidan beri bir-birini taniydi. Antonella va Messining Tyago va Mateo ismli farzandlari bor.
To‘yga taklif qilinganlar orasida Messining hozirgi va sobiq jamoadoshlari - Neymar, Luis Suares, Fabregas, Dani Alves kabi taniqli futbol yulduzlari ham mavjud. Marosim mehmonlari orasida «Real»ning sobiq yulduzi, argentinalik futbolchi Anxel Di Mariyani ham uchratish mumkin.
Bundan avvalgi xabarlarda u «Barselona»ning sobiq murabbiyi Luis Enrike, jamoa rahbari Bartomeu hamda Argentina terma jamoasining sobiq yulduzi va murabbiyi Diyego Armando Maradonani nikoh marosimiga aytmagani aytilgandi.