09:48 / 11.07.2017
12893

Rossiya 30 amerikalik diplomatni chiqarib yuborishi mumkin

Foto: RIA Novosti

Moskva 30 nafar amerikalik diplomatni chiqarib yuborishi, shuningdek, AQShning Rossiyadagi mulk obektlarini hatlab qo‘yishi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi Rossiya TIVdagi manbaga asosan xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bu AQShda Rossiya diplomatik mulkini olib qo‘yganlik uchun javob choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Nashrning iddao etishicha, Rossiyani bunday choralarni qabul qilishga AQShning hatlov ostida bo‘lgan elchilik mulkini qaytarmaslik bo‘yicha qarori turtki bergan.

Top