15:28 / 28.07.2017
8197

26 iyul kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari 

2017 yilning 26 iyul kuni Toshkent shahri hududida 1 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 1 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

2017 yilning 26 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2696 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 646 tasini qo‘pol turdagi, 29 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 26 iyul kuni jami 1561 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 1037 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 524 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

 

Top