“Toşkentga tramvayni qaytariş rejalaştirilmoqda, ammo bugungi kunda [tramvay qurilişi boşlansa] şahardagi kommunikatsiya tarmoğini özgartirişga töğri keladi, bu – juda qimmat ğoya”,– deydi poytaxtda tramvay loyihasini amalga oşirişi kerak bölgan Alstom kompaniyasi vakili.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi – temiryöl transporti, jumladan, tramvaylar işlab çiqariş böyiça jahon yetakçilaridan biri. Kompaniyaning Afrika, Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi savdo va marketing böyiça vitse-prezidenti Saşa Parne 2 may kuni Toşkentda ötgan xalqaro investitsiya forumida Gazeta.uz muxbirining tramvay loyihasiga oid bir qança savollariga javob bergan.
“Tramvayning eski yönalişini tiklaş – yaxşi ğoyalardan biri”
Saşa Parne şaharning markaziy qismidagi [eski] tramvay liniyalari “muhim infratuzilma nuqtalari” ekanini tasdiqlab, agarda quriliş işlari boşlansa, köplab kommunal, elektr tarmoqlari, kanalizatsiya quvurlarida uziliş bölişi mumkinligini ta’kidlagan.
“Liniyalarni yotqiziş davomida imkon qadar odamlar mobilligiga[harakatçanligiga] bölgan talabni qondirişimiz va muhandislik tarmoqlarini buzmaslikka urinişimiz uçun ayrim tadqiqotlar kerak böladi”, – deydi u.
Qayd etilişiça, har bir şahar turliça tuzilgan, şuning uçun tramvay liniyalarini loyihalaş va qurişda kommunikatsiyalarning joylaşişini hisobga oliş kerak. Bu borada tramvayning eski yönalişini tiklaş – yaxşi ğoyalardan biri ekani aytilmoqda.
“Çunki [tramvay liniyalari] borligidan beri u yerga heç narsa qurilmagan bölsa, koridorga kiriş mumkinligi aniq. Ammo siz talabni ham hisobga olişingiz va mobillikni eng kerakli joyda belgilaşingiz kerak”, – degan u.
“Tramvay loyihasi uçun yangi Toşkent prioritet bölib turibdi”
Toşkent hokimiyati va Transport vazirligi Fransiya kompaniyasiga tramvay liniyasini Yangi Toşkentda quriş ustuvor yönaliş ekanini qayd etdi.
Gazeta.uz'ning eski Toşkent hududida tramvay loyihasini amalga oşirişga oid savoliga Saşa Parne poytaxt va yangi Toşkent örtasida zamonaviy transport aloqalarini örnatiş ustuvor vazifa ekanini, liniyalarni istalgan joyda, jumladan, şahar markazida quriş mumkinligini takrorlagan. Ammo bu borada aniq aniq reja bayon qilinmagan.

















