13:56 / 31.07.2017
5260

Hindistonda 14 kishi yashinlar urishi oqibatida halok bo‘ldi

Foto: AFP

Hindistonning Orissa shtatida yashinlar urishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, yana olti inson jabrlandi. Bu haqda Odisha Sun Times nashri xabar bermoqda.

Shtatning shimoli-sharqiy qirg‘oqlariga kecha kuchli po‘rtana yopirildi. Eng ko‘p qurbonlar Bxadrak okrugida qayd etildi – bu yerda besh kishi hayot bilan vidolashgan. Qo‘shni Balasor hamda Kendrapara okruglarida uch kishidan halok bo‘lgan, besh inson jabrlangan. Shuningdek, Banspal, Angul va Sundargarx okruglarida ham qurbonlar bor.

Hindistonda har yili yashin urishidan yuzlab kishilar halok bo‘ladi. Bu holatlarning aksariyati mussondan avvalgi va musson (qishda dengiz tomon, yozda dengizdan quruqlik tomon esadigan shamol) mavsumida ro‘y beradi. Hindiston meteorologiya departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda yashin urishi tufayli 415 kishi qurbon bo‘lgan. 

Top