20:31 / 03.08.2017
7351

Yakkasaroy tumanida velosiped “shaydosi” qo‘lga olindi

2017 yilning 23 iyul kuni taxminan soat 11:00larda noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yakkasaroy tumanida joylashgan uyning kirish yo‘lagida bo‘la turib, shu yerda qarovsiz qoldirilgan fuqaro Ma'mur Muhitovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli “Ural” rusumli velosipedini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Aleksandr Umarov sodir etganliklari aniqlangan. 

A.Umarovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top