18:07 / 04.08.2017
18857

Saidkamol Xo‘jayev «Agrobank» rahbarligiga tasdiqlandi

Foto: Xalqaro press-klub

Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev «Agrobank» boshqaruv raisi bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori 3 avgust kuni chiqarilgan.

Prezidentning 1 avgustdagi farmoniga muvofiq Saidkamol Saidkarimovich Xo‘jayev Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. O‘tgan yilning mart oyidan buyon mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.

U «Agrobank» raisi lavozimida Abduvahob Tamikayev o‘rnini egalladi. Tamikayev o‘tgan oyda Zangiota tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Xo‘jayev bank tizimidagi faoliyatini 1997 yilda oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2003 yili Toshkent moliya institutining bank ishi fakultetini tamomlagan. 2007 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2014 yilning dekabridan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisi vazifasida ishlagan.

Top