Olmaotada Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanida yuz bergan zilzila kuchi sezildi. Bu haqda shaharning favqulodda vaziyatlar departamenti ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Olmaotada sezilgan zilzila kuchi 4 ballni tashkil qilgan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:30da (Toshkent vaqti bilan soat 04:30) qayd qilingan. Zilzila markazi Olmaotadan 490 km uzoqlikda bo‘lgan.
"Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q", deyilgan xabarda.
Xitoy markazida joylashgan Sichuan viloyatidagi kuchli zilziladan keyin shimoli-g‘arbidagi Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanida 6,5 magnitudali yangi zilzila yuz berdi.