Dorilar va spirtli ichimliklarning halokatli birikmalari
Hatto oddiy aspirin ham spirtli ichimlik bilan bir vaqtda qabul qilinganda xavfli bo‘lishi mumkin. Tibbiy davolash muolajalari o‘tkazilayotgan bir paytda spirtli ichimlik ichish mumkin emasligini hamma biladi, biroq nima uchun ba'zilar bilib turib, o‘zini halokat sari yetaklaydi? Ehtimol, odamlar buning nimalarga olib kelishi mumkinligini anglab yetishmas. Don't Panic qanday dorilarni spirtli ichimliklar bilan aralashtirib bo‘lmasligiga doir ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Sedativ preparatlar (tinchlantiruvchi dori vositalari)
Spirtli ichimliklarni sedativ preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Hatto oddiy tinchlantiruvchi tabletkalarni ham spirtli ichimlik ichgan paytda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Gap shundaki, spirtli ichimliklar bunday preparatlarning ta'sirini kuchaytiradi, uyqu vaqtida esa nafas olishni qiyinlashtiradi. Uyquda nafas siqib hayotdan ko‘z yumgan holatlar esa talaygina.
Antibiotiklar (bakteriya o‘ldiruvchi dori vositalari)
Shifokorlar bekorga bir vaqtning o‘zida ham spitrli ichimlik ichish, ham antibiotik qabul qilishni taqiqlashmaydi. Birinchidan, alkogol davolash samarasini pasaytiradi. Ikkinchidan, jigarga sezilarli darajada salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Alohida holatlarda hatto toksik gepatit ham rivojlanishi mumkin.
Antigistaminlar (allergiyaga qarshi dori vositalari)
Allergiyadan aziyat chekasizmi? O‘zingizni spirtli ichimliklardan tiying. Aks holda juda yoqimsiz salbiy ta'sir kafolatlangan. Gallyutsinatsiyalar, shaqiqa (migren) va uzoq vaqt ko‘ngil aynishiga tayyorgarlik ko‘ravering.
Antidepressantlar (psixotrop dori vositalari)
Har qanday spirtli ichimlik — juda kuchli depressant. Tabletkalarning aralashuvi ayanchli tugashi mumkin: spirt preparatlar ta'sirini bekor qiladi va hatto gipertonik krizga olib kelishi mumkin.
Spazmolitiklar (Og‘riq qoldiruvchi dorilar)
Qon tomirini kengaytiradigan dori vositalari odatda yurak kasalliklariga chalingan kishilarga belgilanadi. Biroq alkogol shundoq ham tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega. Shunday ekan, spazmolitik dori vositalari spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda qon aylanishi bilan bog‘liq jiddiy yetishmovchilikka olib keladi va bu hatto o‘lim bilan tugashi ham mumkin.
Mavzuga oid
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
09:00 / 09.09.2024