DXX xabariga köra, unda Urganç şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro özining yaşaş xonadonida 64 452 dona dori vositalarini kelgusida sotiş maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Baholaş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ xulosasiga köra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2 908 608 000 sömni taşkil qiladi.
Soğliqni saqlaş vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekşiruvi xulosasiga köra, uşbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi ma’lum böldi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












