17:44 / 29.08.2017
6137

Fransiya tashqi siyosatining asosiy vazifasi ma'lum qilindi

Foto: AP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Parijda elchilar bilan uchrashuvda ma'lum qilishicha, terrorizm bilan kurash, ayniqsa, Suriya va Iroqda, - Fransiya tashqi siyosatining asosiy vazifasidir.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, IShID terrorchilik tashkiloti «umumiy dushman» sanaladi.

Fransiya yetakchisining ma'lum qilishicha, Parijda kelasi yili «terrorizmni moliyalashtirishni to‘xtatish» masalasi bo‘yicha xalqaro sammitini tashkil etish niyatida.

Avvalroq Makron jahon tartibini birgalikda o‘rnatish kerakligi haqida bayonot bergandi.

Top