Moskva viloyatida sodir bölgan terakt fonida Fransiya terrorçilik tahdidi xavfining eng yuqori darajasini e’lon qildi. Bu haqda 24 mart, yakşanba kuni boş vazir Gabriel Attal X ijtimoiy tarmoğida ma’lumot berdi.
Unga köra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida mamlakat Mudofaa va milliy xavfsizlik kengaşini çaqirtirdi. Attal uçraşuvga sabab sifatida 22 mart kuni Moskva yaqinidagi Krasnogorsk şahrida «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bölgan teraktni keltirgan.
«IŞID hujum uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olgani va mamlakatimizga qilinayotgan tahdidlarni inobatga olib, biz Vijipiratni (terror tahdidi milliy tizimi) eng yuqori darajaga - «hujumga favqulodda tayyorlik» darajasiga oşirişga qaror qildik», - deydi Attal.
Vijipirat beşta terroristik ogohlantiriş darajasini öz içiga oladi, bunda heç qanday tahdid kutilmaydigan «oq»dan eng yuqori «binafşa»gaça daraja nazarda tutilgan. Eng yuqori daraja mamlakatda bir qator terrorçilik harakatlarini, şu jumladan «noan’anaviy» usullarni qöllaş xavfini anglatadi. Uşbu tahdid darajasi joriy etilganda, hokimiyat tegişli idoralarga terrorçilik hujumlarining oldini oliş uçun jamoat hayotiga zarar yetkazadigan çoralarni qöllaşga ruxsat beradi.
Fransiyada Vijipiratning maksimal darajasi sönggi bor 2023 yil oktyabr oyi örtalarida, HAMASning Isroilga hujumidan keyin Yaqin Şarqda mojaro kuçayişi bilan boğliq «antisemitizm harakatlari» fonida sodir böldi. Öşanda Fransiya şimolida 20 yoşli çeçenistonlik Arras şahrida maktab öqituvçisini piçoqlab öldirgan va şundan söng mamlakatni transport tarmoği obektlari, maktablar va madaniyat markazlari minalab qöyilgani haqida yolğon xabarlar tölqini qamrab olgan edi.
Parij OO‘ oçilişida tomoşabinlar sonini kamaytiradi
Mart oyi boşida Politico naşri Makron 26 iyul kuni Parijda bölib ötadigan Olimpiada öyinlarining oçiliş marosimida tomoşabinlar sonini kamaytirişga buyruq bergani haqida yozgan edi. Gazetaga köra, öşa paytda mamlakat razvedka xizmatlari 2024 yilgi Olimpiada öyinlari paytida teraktlar sodir etiş xavfini qayd etmagan, ammo xavotir bildirgan. Fransiya Içki işlar vazirligining fikriça, bir qator terroristik guruhlar, jumladan, IŞID va «Al-Qoida» mamlakatni bölajak hujumlar uçun ehtimoliy nişon sifatida köradi, biroq ularning xorijdan taşkil etilişiga «moliyaviy imkoniyatlar» yetişmasligi tösqinlik qilmoqda.
Parijdagi Olimpiya öyinlarining oçiliş marosimi, odatda, bunday tadbirlarda bölgani kabi, stadion içida emas, balki oçiq maydonda bölib ötadi - u Sena qirğoğida ötkaziladi.
Germaniya ham IŞID hujumlaridan xavotirda
Voqea uçun javobgarlikni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga olganiga qaramay, Rossiya maxsus xizmatlari «Krokus Siti Xoll»ga uyuştirilgan hujumda «Ukraina izi» versiyasini tarqatmoqda.
Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezerning qayd etişiça, Berlin Moskva viloyatidagi terakt IŞID tomonidan uyuştirilgan degan versiyadan kelib çiqmoqda. Fezerning ta’kidlaşiça, IŞID jangarilari hozirda Germaniya uçun «eng katta tahdid»dir.
Bundan taşqari, 19 mart kuni Germaniya Federativ Respublikasi Federal prokuraturasi Gera şahrida (Tyuringiya federativ yeri) IŞID guruhiga a’zo bölgan ikki şaxsni hibsga oldi. Afğonistonliklar Şvetsiya parlamentiga hujum uyuştirişni rejalaştirganlikda gumon qilinmoqda.












