16:20 / 04.09.2017
121802
O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi.

«Kun.uz»ning vazirlikdagi manbasi ma'lumot berishicha, vazir lavozimiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 sentabrdagi farmoniga muvofiq, shu vaqtgacha Xorazm viloyatiga hokimlik qilib kelgan Po‘lat Bobojonov tayinlandi. 

Po‘lat Bobojonov IIV rahbari lavozimiga joriy yil boshidan buyon vazir bo‘lib ishlab kelgan, bugundan yangi Mudofaa vaziriga aylangan Abdusalom Azizov o‘rnida ish boshlaydi.

Po‘lat Bobojonov 2012 yildan Xorazm viloyatiga hokimlik qilayotgandi.

U 2005—2006 yillarda Bosh prokuraturaning Soliq va valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, 2000—2005 yillarda esa O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari bo‘lgan.

2006—2011 yillarda Jizzax viloyatida prokuror sifatida ishlagan.

2011 yilda bir muddat hokimning birinchi o‘rinbosari, ungacha esa — Buxoro viloyati prokurori bo‘lgan.

 

Top