Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«112» tezkor raqami o‘z muddatida ishga tushmadi
2024 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qilish maqsadida yagona «112» tezkor raqami hamda dispetcherlik tizimi ishga tushirilishi kerak edi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda buning ijrosi uchun Bobojonov va Shermatov mas’ul etib belgilangandi. Ammo tezkor raqam hozircha «mavjud bo‘lmagan raqam» sifatida turibdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning 28 iyul kuni Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishini o‘tkazib, tegishli vazirliklarga jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qator topshiriqlar bergandi.
Jumladan, prezident tomonidan Ichki ishlar vazirligi (Po‘lat Bobojonov) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sherzod Shermatov) oldiga aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qilish maqsadida yagona «112» tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan edi.
Hay’at yig‘ilishida ushbu tizim 2024 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 1 iyulga qadar vodiy viloyatlarida, kelasi yil yakuniga qadar esa barcha tuman va shaharlarda ishga tushirilishi shartligi belgilangan.
Toshkent shahri (keyinchalik boshqa hududlar)dagi barcha qisqa raqamli tezkor navbatchilik - 101, 102, 103, 104, 1050, 1055 xizmatlari Yagona vaziyatlar markaziga jamlanadi hamda umumiy «112»-navbatchilik xizmati doirasida faoliyati tashkil etilishi ko‘zda tutilgandi.
Biroq yangi yilning 5 kuni o‘tdi hamki Toshkent shahrida «112» tezkor raqami hamda dispetcherlik tizimi ishga tushirilmadi.
Bugungi kun holatiga «112» qisqa raqami «mavjud bo‘lmagan raqam» sifatida turibdi.
Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari hozircha topshiriq ijrosi nega kechikayotgani, tizim qachon ishga tushirilishi bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar
Jahon | 16:08
-
Kunda ustida siyosat, «yadroviy qiyomat-qoyim» xavfi – hafta dayjesti
Jahon | 15:59
-
Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasida axborot urushi davom etmoqda
Jahon | 15:37
-
“Operatsiyalarni tibbiy ma’lumotsiz “mutaxassislar” qilyapti” – O‘zbekistonda kosmetologiya nega nazoratsiz?
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

21:13 / 30.07.2025
Prezident administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

22:17 / 24.03.2025
112 yagona dispetcherlik xizmati barcha hududlarda ishga tushgan - Raqamli texnologiyalar vazirligi

18:20 / 03.03.2025