2 dekabr kuni Abu-Dabi şahrida Özbekiston içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonov boşçiligidagi delegatsiya Birlaşgan Arab Amirliklari boş vaziri örinbosari — içki işlar vaziri Şayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon bilan uçraşdi.

IIV matbuot xizmatining xabar qilişiça, uçraşuv davomida «Özbekiston Respublikasi hukumati bilan Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati örtasida haydovçilik guvohnomalarini özaro tan oliş va almaşiş töğrisida»gi anglaşuv memorandumi imzolangan.

Ta’kidlanişiça, mazkur memorandumning kuçga kirişi bilan har ikki davlat fuqarolari özlarining milliy haydovçilik guvohnomalari bilan ikkinçi tomon davlatining hududiga taşrif buyurgan davrda (uzoq muddatga yaşaş uçun kelganlar bundan mustasno) transport vositalarini boşqariş huquqiga ega böladi.

BAA rezidenti bölgan (uzoq muddatga yaşaş huquqini olganlar) milliy haydovçilik guvohnomasiga ega Özbekiston fuqarolari BAA haydovçilik guvohnomasini oliş vaqtida tegişli nazariy va amaliy sinovlarni topşirişdan ozod qilinadi.

Hujjat 2024 yilning 27 yanvaridan kuçga kirişi belgilangan.

Şuningdek, bölib ötgan uçraşuvda tomonlar transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va kiberjinoyatlarga qarşi birgalikda kuraşiş, mazkur yönalişlarda xodimlarning malakasini oşiriş va özaro tajriba almaşişni muhokama qildi.