20:10 / 06.09.2017
10409

Huawei smartfonlar sotuvi bo‘yicha Apple'ni ortda qoldirdi

Foto © REUTERS/Eric Gaillard

Counterpoint hisobotiga ko‘ra, Huawei kompaniyasi smartfonlar sotuvi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib olgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Apple gigantidan o‘zib ketgan. Birinchi o‘rin Samsung tomonidan band etilgan. "Life" shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, 2017 yilning martidan  Huawei kompaniyasi sotuvlari ishonchli o‘sgan. Xaridorlarning "olma" mahsulotiga bo‘lgan qiziqishi esa yanvar oyidan beri pasayib, iyunda ancha past natijalarni qayd etgan. Ekspertlarning fikricha, bunday sukut Apple'ning yangi flagman qurilmasining kutilayotgani bilan bog‘liq. 

Tadqiqotda shuningdek bugungi kunda Huawei ba'zi asosiy bozorlariga yetarlicha e'tibor qaratmayotgani haqida so‘z yuritiladi - masalan, Shimoliy Amerika, Janubiy Osiyo mamlakatlari va Hindiston. 

 

Top